Koronavirus "Charlton"ning 38 yoshli afsonaviy muxlisini olib ketdi

Mirjalol Normatov
29 mar 2020
"Charlton" matbuot xizmati jamoaning afsonaviy muxlisi Seb Lyuisning vafot etganini ma'lum qildi.

38 yoshli muxlis COVID-19 virusiga qarshi kurashda engildi.

Lyuis "Charlton"ning afsonaviy muxlislaridan biri hisoblanadi. 1998 yildan buyon u jamoaning birorta o'yinini televizor orqali tomosha qilmagan. 22 yil davomida u jamoaning ham uy ham safardagi 1076 o'yiniga borgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal