

Xabarlarga ko'ra, mamlakat futbol federatsiyasi huqumat bilan moliyaviy shartlarni kelishib olgan. Avvaliga jamoa uchun 575 ming $ (310 mln frank) ajratilishi kerak edi, ammo qayta ko'rib chiqishdan so'ng bu mablag' 3,5 mlrd frankka ko'paydi.
Eslatib o'tamiz, Kot-d'Ivuarning guruhdagi raqiblari Kamerun, Gvineya va Mali terma jamoalaridir. Oldinroq jamoaga etarli moliyaviy yordam yetishmaganligi uchun Kot-d'Ivuarni musobaqadan chetlatish xavfi bor edi.



