Koutino "Al Duhayl"dan ketdi, u faoliyatini qayerda davom ettiradi?

Alisher
25 may 2024
Hujumkor yarim himoyachi Filippe Koutino Qatarning "Al Duhayl" klubi bilan shartnomasini bekor qildi.

Jurnalist Sesar Luis Merloning yozishicha, "Vasko da Gama" Koutinoni qaytarish bo'yicha muzokaralarda oldinga siljidi.

"Vasko da Gama" hozirda "Aston Villa" bilan muzokaralar olib bormoqda. Braziliyalik "Al Duhayl"da ijara asosida o'ynadi.

Filippe Koutino bunga qadar "Vasko da Gama"da o'ynagan. Transfermarkt 31 yoshli o'yinchini 7,5 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/clmerlo