

“Kundan-kunga o'zimni juda yaxshi his etmoqdaman, men baxtliman. Avvalgi klublarimga nisbatan Bavariya xuddi oiladek. Liverpulda ham muhit ijobiy edi, lekin, bu yerda yaxshiroq. Tiago (Alkantara) portugalcha so'zlasha oladi. U jamoadagi ilk kunlarimda menga yordam berdi, ayniqsa, suhbat borasida. Nemis tili ancha murakkab! Biroq, uni o'rganishni maqsad qilib qo'ydim. Klubning ayrim a'zolari ham portugalchada gaplashadi, bu esa faoliyatimni osonlashtiradi”, – deydi Filipe.



