"Krasnodar" yetakchilaridan biri Rossiya fuqaroligini olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
12 dek 2024
"Krasnodar" forvardi Jon Kordoba Rossiya fuqaroligini olish haqidagi savolga javob berdi.

"Hamma narsa bo'lishi mumkin. Men bunga butkul qarshimasman. Kolumbiyalik bo'lsam ham, Rossiya fuqarosi bo'lishning salbiy tomonini ko'rmayapman".

Forvard RPL joriy mavsumida to'purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda, u "Krasnodar" safida 18 uchrashuvda 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma etkazib berdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru