Krishtianu Ronaldu: Menimcha Evro-2016ning eng yaxshi futbolchisi Pepe bo'ldi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2016
Real va Portugaliya term jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evro-2016da kimni eng yaxshi futbolchi deb hisoblashini ma'lum qildi.

Pepe ajoyib mavsumni o'tkazdi deb o'ylayman. Balki faoliyatidagi eng yaxshisidir. Shubhasiz, u Portugaliya va Real safida eng yaxshilardan biri bo'ldi.

Uni Yevropa chempionati ramziy terma jamoasiga kiritishganidan xursandman. Menimcha musobaqaning eng yaxshi futbolchisi Pepe bo'ldi, – deydi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, Evro-2016ning eng yaxshi o'yinchisi sovrini Fransiya terma jamoasi a'zosi Antuan Grizmannga topshirilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com