Kristian Telo: “Barselona”da uzoq qolishga umid qilaman”

Tolibjon Qosimov
23 yanv 2014
Ispaniya Kubogi 1/4 finali doirasida “Levante”ga qarshi o'yinda xet-trik muallifiga aylangan “Barselona” klubi yarim himoyachisi Kristian Telo o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Messi tufayli uch marotaba darvozani ishg'ol qildim, buning uchun undan minnatdorman. Messi bebaho o'yinchi.

Bir o'yinda uchta gol kiritish futbolchining o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi. Imkoniyatlardan unumli foydalanganimdan xursandman.

Yanvarda jamoani tark etishim haqida turli xil xabarlar yuribdi. Biroq bu noto'g'ri. Jamoada meni barcha sharoit qoniqtiradi va men “Barselona”da uzoq yil qolmoqchiman”, - deydi Telo.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru