Kukurelya "Chelsi"ga o'tganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Alisher
5 avg 2022
"Chelsi" yangi o'yinchisi Mark Kukurelya London klubiga o'tganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Haqiqatdan ham baxtliman. Bu men uchun dunyoning eng zo'r klublaridan biriga o'tish katta imkoniyatdir. Klubda baxtli bo'lish va jamoaga foyda keltirish uchun bor kuchimni ishga solaman", - deydi o'yinchi.

24 yoshli ispan bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi.

"Barselona" tarbiyalanuvchisi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com