Kulibali "Chelsi"dagi debyutida jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
7 avg 2022
Himoyachi "Everton"ga qarshi APL 1-tur uchrashuvini oxiriga etkaza olmadi.

31 yoshli senegallik Kalidu Kulibali Liverpulda bo'lib o'tgan va londonliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan "nafaqaxo'rlar"ning "irislar" bilan uchrashuvining 75-daqiqasida jarohatga yo'liqdi.

"Everton" bilan o'yin himoyachi uchun "Chelsi"dagi debyut uchrashuv bo'ldi – u shu yozda "Napoli"dan London jamoasiga o'tgandi.

Kulibalining o'rniga "Chelsi"ning boshqa bir yangi futbolchisi Mark Kukurelya maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London