Kun tarixi: Paolo Maldini haqida qisqacha

Bugun Paolo Maldini "Milan" jamoasida debyut qilganiga 34 yil bo'ldi.

Paolo Sezar Maldini 1968 yil 26 iyunda tavallud topgan italiyalik sobiq professional futbolchi hisoblanadi. U "Milan" klubida 25 mavsum to'p surib, 2009 yili 41 yoshida faoliyatini aynan shu klubda tugatdi. Maldini "rossonerilar" bilan 25ta sovrin yutgan.

UEFA Chempionlar Ligasi -5
A Seriya - 7
Italiya kubogi - 1
Italiya Superkubogi - 5
Yevropa Superkubogi - 4
Interkontinental kubogi - 2
Klublar o'rtasidagi JCH - 1

Paolo Maldini hozirda "Milan"ning sportni rivojlantirish va strategiyasi rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda.


Manba: twitter.com/brfootball