Kurtua Chempionlar ligasida Messining penaltisini qaytardi. Yana kimlar bu ishni uddalagan?

Оқил Абдубарноев
16 feb 2022
Kecha Chempionlar ligasining 1/8 finalida PSJ "Real"ga qarshi maydonga tushdi.

O'yinining 62-daqiqasida Kilian Mbappe raqib jarima maydoniga yorib kirdi. Franciyalik futbolchini Karvaxal to'xtatib qoldi. Hakam ikkalanmasdan 11 metrli nuqtaga ishora qildi. To'pga Lionel Messi yaqinlashdi.

Messi Chempionlar ligasi joriy masumida penaltidan ikkita gol urdi. Ammo bu safar argentinalik hujumchining zarbasini Kurtua bartaraf etib, uchrashuv qahramonlaridan biriga aylandi.

Bu Messining turnirdagi beshinchi noaniq penaltisi edi. Keling, Leoning avvalgi noaniq urinishlarini yodga olamiz.


PSJ - Barselona 1:1

10.03.2021, ⅛ final

Darvozabon: Keylor Navas

Bir yil oldin Messi "Barselona" libosida aynan PSJ darvozasiga penaltidan to'p kiritolmagandi. PSJ safarda kataloniyaliklarni dastlabki o'yinda 1:4 hisobida mag'lub etgandi. Javob o'yinida Mbappe tezda parijliklarni oldinga olib chiqdi, Messi hisobni tenglashtirdi, keyin esa birinchi bo'limning qo'shib berilgan daqiqalarida dubl qilish imkoniyatiga ega bo'ldi, lekin muvaffaqiyatsiz zarba berdi.



Manchester Siti - Barselona 1:2

24.02.2015, ⅛ final

Darvozabon: Jo Xart

Nimchorak finalning ilk bahsi kataloniyaliklar uchun omadli keldi. Hatto birinchi bo'limdayoq Luis Suares dubl qayd etdi. Tanaffusdan keyin Serxio Aguero oradagi farqni qisqartirdi. Qo'shib berilgan daqiqalarda Messi 11 metrli nuqtadan aniq zarba yo'llab, keyingi bosqich masalasini ertaroq hal qilishi mumkin edi, biroq Jo Xart to'pni qaytardi. Argentinalik futbolchi to'pni boshi bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi. Lekin bu kataloniyaliklarning keyingi bosqichga chiqishiga to'sqinlik qilmadi.



Barselona - Chelsi 2:2

24.04.2012, yarim final

Darvozabon: Petr Chex

Haqiqiy triylerbop o'yin. "Chelsi" qarama-qarshilikning birinchi o'yinida minimal g'alabaga erishdi. Javob uchrashuvi londonliklar uchun juda yomon boshlandi - 35 daqiqada Serxio Buskets hisobni ochgan bo'lsa, 37 daqiqada Jon Terri to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi. Tanaffusgacha jamoalar yana bittadan urishdi. Keyingi bosqichga chiqish uchun "Barselona" ozchilikda o'ynayotgan "Chelsi"ga gol urishi kerak edi. Biroq 50 daqiqada Leo Messi 11 metrdan darvoza to'sini tomon zarba yo'lladi hamda uchrashuv so'ngida Fernando Torres qarshi hujum natijasida hisobni tenglashtirib, kataloniyaliklarni musobaqa bilan xayrlashishga majbur qildi.



Barselona - Panatinaikos 5:1

14.09.10, guruh bosqichi

Darvozabon: Aleksandros Corvas

Messining guruh bosqichidagi yagona penaltidan foydalana olmagan bahsi yunonlarga qarshi o'yinga to'g'ri kelgan. Argentinalik futbolchi vaziyatdan foydalana olmaganida, tabloda 3:1 hisobida "Barselona" foydasiga ishlayotgandi. Leo qulay imkoniyatni ko'kka sovurgan bo'lsa-da, uchrashuv davomida dublga erishdi, bu esa kataloniyaliklarning ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozonishini taminladi.



Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Qopqoq: Sports.ru

Izohlar

《BaRsa》《БаРса》
16 feb 2022
messi òzi òrganib qoganakanda urmaslikka
Азимжон Насаф
16 feb 2022
Тез олтин тупни беринглар.месси хозир шомуродов билан бир савияда
11 vs 11
16 feb 2022
Penaldu soxta ekan, aslida penaltini Messi ko'p tepgan ekan Ronaldudan. ChLda Ronaldu 22ta Messi esa 23 ta xatolar ham unda ko'proq. 3ga 5. Kazim tog'a eslab qoling.
Aleix Santo
16 feb 2022
Xaaa 7chi Oltin to'p eslashni xohlamaymanu har doim esga tushaveradi. Xullas Navas Cech Courtois top Darvozabonlar