KXDR ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Yaponiyaga qarshi o'yindan so'ng yig'lab yubordi

Оқил Абдубарноев
29 feb 2024
Shuningdek, u janubiy koreyalik jurnalistga o'z mamlakatining nomini to'g'ri aytishi lozimligini uqtirdi.

Yaponiya ayollar terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (Shimoliy Koreya)ni 2:1 hisobida mag'lub etdi va Parij Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoalar ishtirokidagi ilk o'yinda hisob ochilmagandi. Javob uchrashuvidan so'ng Shimoliy Koreya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Ri YU Il jamoasi Olimpiya o'yinlariga yo'l olmaganidan afsusda ekanligini aytib, ko'zyoshlarini tiya olmadi.

Shuningdek, u mazkur uchrashuvdan avvalgi matbuot anjumanida “Shimoliy Koreya” atamasini ishlatgan Janubiy Koreya jurnalistidan noroziligini bildirdi.

Muxbir "Shimoliy Koreya ayollar futbol jamoasining bunchalik kuchli qarshilik ko'rsatganiga hayronman" degan so'zini tugatmasidan turib, "Kechirasiz, lekin mamlakat nomini to'g'ri aytish kerak. “Biz Shimoliy Koreya jamoasi emas, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi jamoasimiz”, deya javob qaytargan Ri YU Il.



Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Qopqoq: YNA

Izohlar

Malades
29 feb 2024
Ким Чен Ын итарадида энди))) шуни уйлаб йиглаган
Odilbek77
29 feb 2024
Shimoliy Koreyaga qaytishsa, Kim Chen In ta'zirini berishini bilib yig'laganda, bechora..
I.Ro'ziyev
29 feb 2024
Fanogramma yig'i, Kim ga yaxshi ko'rinish uchun
Аваз Худойқулов
29 feb 2024
Аёллар терма жамоасини ўйинларини камдан кам мухлис кўрса керак, ундан кўра ўғил болалар нинг 16 ёшлиларни ўйини қизиқроқ кўпчиликда жч ёки олимпия ўйинларида