La Liga "Barselona" bosh murabbiyiga qarshi ish ochdi

La Liga "Barselona" murabbiyi Ronald Kuman hamda klub rahbariyatining 2 vakili - Xavi Vilaxoana va Kucho Ernandesga nisbatan intizomiy ish ochdi. Bu haqja AS xabar tarqatdi.

"Ko'k-anorranglilar" "Real"ga qarshi o'yin paytida hakamning Serxio Ramosga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun penalti belgilaganidan norozi bo'lishgan edi.  Kataloniyaliklarning fikricha, o'sha epizoddan oldin "Real" sardorining o'zi qoida buzgan.

Kuman "El Klasiko"dan keyin VAR doim "Barselona"ning zarariga ishlayotganini aytgan bo'lsa, Vilaxoana uchrashuvni boshqargan hakam Xuana Martinesa Munuerani haqorat qilgan.

Mazkur ish 2-3 haftada yakunlanishi kerak. "Barselona" vakillari diskvalifikaciyaga uchrashi yoki jarimaga tortilishi mumkin.

O'QING: Ronald Kuman uzoq muddatga diskvalifikaciya qilinishi mumkin 


Manba: AS