La Liga hakamlarini tanqid qilgani uchun "Real"ga nisbatan ish ochildi

Omonjon To`xtamirzayev
27 feb 2025
Ispaniya chempionatidagi hakamlikdan arz qilgan "Real Madrid" klubiga nisbatan surishtiruv ishlari boshlandi.

"Real" 3 fevral kuni o'zining rasmiy saytida Ispaniya qirollik futbol federaciyasiga (RFEF) La Liga doirasidagi "Espanol" (0:1) bilan o'yindagi hakamlik ustidan shikoyat qilib, hakamlar muntazam ravishda klub zarariga qarorlar chiqarayotganidan noroziligini va Ispaniyada hakamlik tizimini butunlay yangilashga chaqirgan.

11 fevral sanasida La Liga madridliklar xati yuzasidan RFEF tartib-intizom qo'mitasiga murojaat qilgan. 25 fevral sanasida RFEF La Liga etirozini qabul qilgan va "Real"ga nisbatan ish ochgan.

"Marca"ning xabariga ko'ra, Ispaniya qirollik futbol federaciyasi tartib-intizom qo'mitasi (RFEF) La Ligadan ariza kelib tushgach, "Real"ning o'ziga qarshi surishtiruv ishi ochgan.

Qo'mita tegishli jarayonlarni amalga oshirish va mavjud faktlarni tekshirish uchun instruktorni tayinlagan.

Malum qilinishicha, qaror elon qilingach, "Real" qarorga rozi emasligi yuzasida 10 ish kuni ichida ariza topshirishi mumkin. Mazkur vaziyatda klubga nisbatan maksimal jazo pul jarimasi ko'rinishida bo'ladi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: Marca

Izohlar

Murod Muxammadiyev
27 feb
Hakamlikni Ispaniyadan qidirmang! APL ancha ilgarilab ketgan boshqa chempionatlardan
Rafiqbek
27 feb
Каердаги гайридиндагиларни ёнини олиб етти авлодиларни сокиб ташламанглар инста тик токда зерикдик шундай хакоратли фикрларни окиб яхши кайфиятда мухокама килсак яхшию факат бизда сокиниб фикр билдириди экан ( реал барса инстасида кормадим )
VodiySoft
27 feb
Real Madridning hakamlar bilan, Barselona bilan, La Liga bilan olishishi yaxshilikka olib kelmaydi degandim-ku. xD
Elyor1991
27 feb
Хакамлар бир Реалга нисбатан эмас Барсага хам жуда кўп қарши қарорлар чиқаришган. Лекин охирги вақтларда фақат Реалга қарши ишлаб қолгани футболчи-ю мураббийларни асабийлаштириб юборди.
REAL MADRID
27 feb
Эспаньол билан ўйин 1:1 бўлдику, қанақа 0:1?