La Liga. "Real" safarda "Las-Palmas"ni enga olmadi

Omonjon To`xtamirzayev
30 aug 2024
La Liga 3-turida "Real" safarda "Las-Palmas" bilan kuch sinashdi.

La Liga
3-tur
"Las-Palmas" - "Real Madrid"

"de Gran Kanariya" stadioni
Gollar: 1:0 – 5 Moleyro, 1:1 – 69 Vinisius Junior (penalti).

"Las-Palmas" – Sillessen, Marmol, Makkenna, Suares, Marvin, Kampanya (Luaodis, 81), Moleyro (Benito Ramires, 61), Rodriges (Fuster, 81), Xavi Munos, Sandro Ramires (Viti, 78), Makberni (Mata, 78).

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 46), Ryudiger, Militao, Vaskes (Karvaxal, 76), Tchuameni, Valverde, Vinisius Junior (Endrik, 86), Modrich (Gyuler, 64), Braim Dias (Rodrigo, 46), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Mendi (40), Karron (74), Militao (88).


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+5-daqiqa. Buskets final hushtagini chaldi! "Real Madrid" yana durang o'ynadi! 

90+4-daqiqa. "Real"ning yana bir hujumi besamar ketdi.  

90+2-daqiqa. Mbappe havodan uzatgan to'pni na Karvaxal, na Endrik darvozaga yo'llay olishdi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88-daqiqa. GOOOOOOOL! Ammo, lekin biroq... "Las-Palmas" hujumchisi o'yindan tashqari holatda edi. Shu sababli gol inobatga olinmadi. 

88-daqiqa. Ogohlantirish! Eder Militaoga hakam sariq kartochka ko'rsatmoqda.

86-daqiqa. O'zgarish! Vinisius Junior o'rniga Endrik o'yinga qo'shildi!

85-daqiqa. Kilian Mbappe Arda Gyulerning uzatmasidan keyin qulay nuqtaga chiqib bordi, himoyachini chalg'itdi, lekin... Oxirgi zarba bu safar ham o'xshamadi. 

81-daqiqa. O'zgarishlar! Xose Kampanya va Kirian Rodriges o'rniga Enco Luaodis hamda Manu Fuster tushirildi.

80-daqiqa. Kilian Mbappe o'ngroqdan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va kuchli zarba berdi, ammo juda noaniq.

77-daqiqa. Fran Garsiya ijrosida hujumda fol!

76-daqiqa. O'zgarish! Lukas Vaskes o'rniga Dani Karvaxal maydonga tushdi. 

75-daqiqa. Ryudiger faolligi tufayli to'p "Real"da qoldi va raqib hujumi rivojlanmadi.  

73-daqiqa. Mezbonlarning burchak zarbasidan keyin "Real" tezkor qarshi hujumga o'tdi va Vinisius Junior uni zarba bilan yakunladi. Biroq uning zarbasi Karlo Anchelottiga umuman maqul kelmadi. 

71-daqiqa. Gol o'tkazib yuborgan "Las-Palmas" Kurtua darvozasi oldida xavf tug'dira oldi va burchak zarbasi ham ishladi. 

69-daqiqa. GOOOOOOL! Vinisius Junior penaltidan hisobni tenglashtirmoqda!

To'p oldida Vinni!

67-daqiqa. PENALTI! Jarima maydonchasi ichida Gyulerdan darvoza tomon ketayotgan to'p himoyachining qo'liga tegdi va bosh hakam nuqtaga ishora qildi!  

64-daqiqa. O'zgarish! Luka Modrich o'rniga Arda Gyuler o'yinni davom ettiradi.

"Real"da Arda Gyuler maydonga tushishga deyarli tayyor.

61-daqiqa. O'zgarish! Alberto Moleyro o'rniga Benito Ramires o'yinga qo'shildi. 

60-daqiqaFran Garsiya ishlab olgan burchak zarbasidan keyin Tchuameni boshi bilan zarba berdi, biroz noaniq.

59-daqiqa. "Madrid" to'pni nazorat qilmoqda va uni raqibga deyarli bermayapti, lekin hozircha ish chinakamiga xavfli vaziyatga etib bormadi. 

57-daqiqa. "Real"ning yana bir hujumi omadsiz yakunlandi. Mbappe uzatmasi noaniq chiqdi. 

55-daqiqa. Oradagi farq ikkitaga oshishi mumkin edi. Kurtua bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketgan Sandro Rodriges oxirgi zarbani aniq amalga oshira olmadi. 

54-daqiqa. Rodrigo o'ng qanotdan markazga qarab yurdi va chap oyoqda zarba berdi, lekin bu safar ham Silessen ishonchli harakat qildi. 

52-daqiqa. Burchakdan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytargandi, jarima maydonchasidan uncha uzoq bo'lmagan zonada turgan Fran Garsiya uni birgina urinish bilan qaytarib, darvoza tomon yo'lladi, ammo uning urinishiga kuch etishmadi. 

50-daqiqa. Vinisius raqibga nisbatan fol ishlatdi!

47-daqiqa. "Real"ning hujumi oxiriga etmay qoldi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

46-daqiqa. O'zgarishlar! Braim Dias va Ferlan Mendi o'rniga Rodrigo hamda Fran Garsiya o'yinga qo'shildi.

Ayni shu pallada hakam Mateo Buskets bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozircha "Real" imkoniyatni boy bermoqda! 

45+1-daqiqa. Bu safar ham "Real" burchak zarbasidan foyda chiqara olmadi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45-daqiqa. "Real" raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo himoyachilar uni qaytarib yuborishdi.

42-daqiqa. Makberni jarima maydonchasi ichida Ryudiger bilan kurash chog'ida yiqildi, lekin hakam o'yinni davom ettirishni talab qildi. 

40-daqiqa. Ogohlantirish! Ferlan Mendi to'p uchun kurashda Sandroga nisbatan fol ishlatishga majbur bo'ldi. 

Burchak zarbasidan keyin ham mehmonlar niyatiga eta olmadi. 

38-daqiqa. Ryudigerning zarbasidan keyin Silessen qiyinchilik bilan to'pni qaytarishni uddaladi. 

37-daqiqa. Militao oddiy vaziyatda to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi.

35-daqiqa. Modrichning faolligi to'pni "Real"ga qaytarib berdi. 

32-daqiqa. Xaver Munos jarima maydonchasi tashqarisidan darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi. Biroq uning zarbasidan keyin to'p juda va juda uzoqlardan o'tib ketdi. 

31-daqiqa. Yana mezbonlar to'p bilan muomalada bo'lib turibdi. 

29-daqiqa. Kilian Mbappe tezligini ishga soldi, oldinga o'tib bordi va aniq zarba berdi, lekin kiper o'z o'rnida.  

28-daqiqa. Mezbonlar to'pni nazorat qilishmoqda. 

25-daqiqa. UXXX! Federiko Valverde!!! Uning kuchli zarbasidan keyin Silessen jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

24-daqiqa. Vinisius jarima maydonchasi oldida yiqitildi. Hakam mehmonlar uchun jarima zarbasi belgiladi. 

20-daqiqa. "Las-Palmas" ilk daqiqalarda yomon o'ynamayapti. Jamoa futbolchilari ancha ishonch bilan qilmoqda har bir harakatini.

18-daqiqa. Oliver Makberni o'ta qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. 

17-daqiqa. Mika Marmol "podkat"da to'pni olib qo'ydi. 

14-daqiqa. "Las-Palmas" qarshi hujumga o'tmoqchi edi, ammo Sandro Ramires to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi. 

11-daqiqa. O'ziga kelib olish uchun ham "Real" shoshilmasdan to'pni nazorat qilmoqda. 

7-daqiqa. Burchak zarbasini Luka Modrich amalga oshirdi, lekin uning uzatmasidan keyin to'pni eng yaqinda turgan himoyachi osonlik bilan qaytardi. 

5-daqiqa. GOOOOOOOOL! "Las-Palmas" hisobni ochmoqda! Birinchi hujum va darhol gol! Gol muallifi Alvaro Moleyro!

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Har ikki klub asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. 



Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

MIRZAYEV O'KTAMJON
30 aug 2024
Yaxshi ham penlti qoydsi bor ekan!
Barcelona Legenda
30 aug 2024
Мухлис дегани ракибга душманлик эмас, хурматда болиши керак эди. Барсани фанатлари никимни кориб туриб минус боссая ))) лекин хакикатни езгандим. Харкалай 18 йилдан бери фудбол кораман
Usoma bin Fayyoz
30 aug 2024
Vıy alaaamjoon jooon alaaaam,ado böldi gado böldi XD
АПЛ
30 aug 2024
Яхши ОТ кейин чопади. Финишга хали бор. Мбаппе эса лалигани у'рганиб чик,мок,да.
Dostonbek Anvarov
30 aug 2024
Енди шунда Реал котта килиб чичиб койдими