"Lacio", "Fiorentina" va "Betis" Xyusayga qiziqmoqda

Alisher
31 may 2021
"Napoli" himoyachisi Elseid Xyusay faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Uning ma'lumotiga ko'ra, 27 yoshli albaniyalik futbolchiga "Lacio", "Fiorentina" va "Betis" klublari qiziqmoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, o'yinchi Neapol klubidan erkin agent maqomida ketadi.

Xyusay o'tgan mavsum "Napoli" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira