LaLiga klubi bosh murabbiysiz qoldi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2018
"Malaga" bosh murabbiyi Michel Gonsales 13 yanvar kuni iste'foga chiqarildi.

54 yoshli mutaxassisning klubdan ketgani haqida rasmiysaytda e'lon qilindi.

Michel Gonsales 2017 yilning martida "Malaga"ga kelgan edi. "Anchouslar" uning qo'l ostida mavsumni 11-o'rinda yakunlashdi.

Ketma-ket 4-mag'lubiyatdan so'ng klub rahbariyati mutaxassisni iste'foga chiqardi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia