

Katalonlar vingeri Lamin Yamal o'yinni asosiy tarkibda boshlab, bir gol urdi va ikkita golli uzatma berdi. Bu o'yin Yamal uchun La Ligadagi 100-o'yini bo'ldi. U bu natijaga 18 yosh va 272 kunligida erishdi. Shu tariqa, u "Real"ning sobiq hujumchisi Raulning rekordini yangiladi. Raul o'z 100-o'yinini 19 yosh va 284 kunligida o'tkazgan edi.
Bu marraga eng yosh erishgan besh o'yinchi qatoriga shuningdek Iker Muniain (19 yosh 293 kun), Xoseba Echeberriya (20 yosh 177 kun) va Boyan Krkich (20 yosh 203 kun) ham kiradi.



