Lars Lagerbek: Men Islandiya qahramoni emasman

Narzulla Saydullayev
7 sen 2015
Islandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lars Lagerbek jamoaning Evro-2016 final bosqichiga chiqqanidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Shvetsiya terma jamoasini chempionatga olib chiqish – katta natija, ammo Islandiya bilan Evroga chiqish – butkul boshqa narsa. Jamoa bilan faxrlanaman, butun xalq xursandligni bilaman.

O'zimni milliy qahramon deya olmayman. Men oddiy futbol murabbiyiman. Bu jamoa Yevropa chempionatiga chiqishga haqli. Saralash tugashiga 2 tur qolganida biz vazifani bajardik – fantastika! – deydi Lagerbek.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru