Inter hujumchisi Lautaro Martines yozda London jamoasiga ko'chib o'tishi mumkin. Arteta hujumdagi muammolarni aynan argentinalik hujumchi bilan yopishni maqsad qilgan. Hujumchi uchun Arsenal milanliklarga 120 million evro berishga tayyor.
Futbolchining milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha tuzilgan. 27 yoshli hujumchi joriy mavsum 41 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.
Izohlar