Leau qanday shaxsiy va jamoaviy sovrinlarni yutishni istashini aytdi

Mirjalol Normatov
11 jan 2025
"Milan" futbolchisi Rafael Leau asosiy maqsadi haqida gapirdi.

"Doimo yuqori kuchda o'ynashning iloji yo'q. Bazi o'yinlarda kamroq harakat qilib ham natijaga ega chiqish mumkin. Hozir futbol o'zgargan va sermahsullikdan ko'ra statistikalar asosiy o'ringa chiqqan.

Raqib darvozasi yonida agressiv bo'lishga harakat qilyapman. Albatta, har bir futbolchi "Oltin to'p"ni yutishni istaydi. Biroq men uchun asosiysi - jamoa bilan katta sovrin yutish. Shu boisdan ECHLni yutishni xohlayman.

Bilaman, har bir o'yinda ajralib turish kerak. Uchrashuvlarda final kabi o'ynasak, amalga oshmaydigan ishning o'zi bo'lmaydi", - dedi "Milan" vingeri.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: La Gazzetta dello Sport

Izohlar

Ўзбек футболининг муҳлиси
11 jan
Эҳ Леаужон, Берлускони бобонг даврида ўйнаганингда балки ютармидинг, ҳозирги криса раҳбарлар фақат бизнесни ўйлайди.