BAAning "Xorfakkan" klubi sharafini himoya qilayotgan Abdulla Abdullaev va Azizbek Amonovlar "Al Nasr"ga qarshi bahsda maydonga tushishdi. Abdullaev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan bo'lsa, Amonov ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushdi. Biroq ularning jamoasi mag'lubiyatga uchradi.
"Al Nasr" - "Xorfakkan" 2:1
Gollar: Agudelo 45, Gabbyadini 58 - Lourensi 15.
BAA chempionatining boshqa bir bahsida yana bir o'zbekistonlik to'p tepayotgan futbolchi jamoasi maydonga tushdi. Aziz G'aniev to'p tepayotgan "Shabab Al Ahli" 23 turda "Emireyts klub" mehmoni bo'ldi. Bahs 2:3 hisobida "Shabab Al Ahli"ning g'alabasi bilan yakun topdi. Afsuski, G'aniev ushbu bashda zaxirada qoldi.
"Emireyts klub" - "Shabab Al Ahli" 2:3
Gollar: Alkaser 29, Al Hamadi 55 - Dabbur 7, Da Kruz 39, 56.
Eron chempionatining 27 turidan o'rin olgan bahsida Huzestonning "Istiqlol" klubi "Nassaji Mazandaran"ni qabul qildi. Huzestonliklar sharafini himoya qilayotgan Doston Tursunov bahsni asosiy tarkibda boshladi. Uchrashuvning 40 daqiqasida "Istiqlol" futbolchisi Ndong qizil kartochka olib, jamoasini qiyin holatga tushirib qo'ydi. Bahs 1:4 hisobida "Nassaji"ning yirik g'alabasi bilan yakun topdi.
"Istiqlol" Huzeston - "Nassaji Mazandaran" 1:4
Gollar: Agepur 73 - Muhammadzoda 2, Ozodi 21, 42 (pen.), Abboszoda 86.
Izohlar