Lempard Eshli Koulni "Everton" murabbiylar shtabiga taklif qilmoqchi

Alisher
1 fev 2022
"Everton" yangi bosh murabbiyi Frenk Lempard o'z murabbiylar shtabiga sobiq jamoadoshi Eshli Koulni chaqirishni rejalashtirmoqda.

Mersisaydliklar 41 yoshli mutaxassis bilan muzokaralar olib bormoqda. Tez orada tomonlar qaror qabul qilishadi.

Koul ayni damda "Chelsi" akademiyasida ishlamoqda va Angliya yoshlar terma jamoasida Li Karslining assistenti hisoblanadi.

Koul va Lempard 2006-2014 yillar davomida "Chelsi" tarkibida birga o'ynashgan. Ular London klubi bilan Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi, Angliya chempionati va boshqa sovrinlarni yutishgan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports