"L’Équipe" "Nant" - PSJ uchrashuvida Messi, Neymar va Mbappega necha ball qo'ydi?

Mirjalol Normatov
20 fev 2022
"L’Équipe" nashri "Nant" - PSJ uchrashuvi yakunlari borasidagi ma'lumotlarni taqdim qildi.

Unga ko'ra, parijliklar tarkibidagi eng yaxshi natija Neymar, Marko Verratti va Xuan Bernatga tegishli bo'ldi - 5.

Leo Messi 4ga baholangan bo'lsa, Kilian Mbappega 3 ball qo'yildi. PSJdagi eng yomon natija 2 ball Jorjino Veynaldumga loyiq ko'rildi.

"Nant" posboni Alban Lafon 10 ballik tizimda 10 ball oldi. "Nant"ning ikki futbolchisi 8 balldan olgan bo'lsa, 6 futbolchisi 7ga baholandi.

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino 4ga, uning "Nant"dagi hamkasbiga 9 ball qo'yildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Équipe