"Lester" futbolchisi "Real"ga o'tishni istamoqda

Mirjalol Normatov
2 may 2022
"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans yozda "Real"ga o'tishi mumkin.

"Goal" xabariga ko'ra, unga ayni damda "Arsenal" davogarlik qilmoqda. "Liverpul" esa "o'yindan chiqqan". Belgiyalik futbolchi yozda jamoadan kyetishni va kelasi mavsum YCHLda o'ynashni istamoqda.

Ushbu mavsumda Tilemans 28 o'yinda qatnashib, 6 gol va 3 assist qayd etdi. Uning bozor narxi 55 million evroga baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal