"Lester" o'z muxlisini 3 oyga o'yinlardan chetlatdi

Mirjalol Normatov
17 nov 2018
"Lester" rahbariyati jamoa muxlisi Tom Merrini stadionga kirishi huquqini vaqtinchalik bekor qildi.

"Bernli"ga qarshi o'yin boshlanishidan oldingi bo'lgan voqea bunga asosiy sababchi bo'ldi. Endi Merri yaqin 3 oy davomida "King Pauer"da ko'rinish bermaydi.

Gap shundaki, o'yin boshlanishidan oldin jamoalar sukut saqlayotgan vaqtda tartibbuzar maydonga yugurib tushgan va aviahalokat natijasida vafot etgan Vishay Shrivaddanaprabxa rasmi tushirilgan bannerni borib quchoqlagan. Keyinchalik stadion qo'riqchilari tomonidan u maydon tashqarisiga olib chiqib ketilgan. Bu tartibning buzilishi sifatida baholandi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Sky Sports

Izohlar

АнДиЖоН УЗБ
17 nov 2018
Rasmni ko'rib etim jmrlab ketti!
HUMO1979
17 nov 2018
Лестер хали уз сузини айтади деган умиддаман