“Lester Siti” vertolyot halokati yuzasidan bayonot berdi

Aziz Tukhtamuradov
28 okt 2018
Angliyaning “Lester” klubi rasmiy vakillaridan biri kecha bo'lib o'tgan noxush voqeylik yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Kecha “Lester” klubi prezidenti Vichay Shrivaddxanaprabxa Angliya Premer-ligasi 10-turi doirasidagi “Vest Xem”ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z vertolyotida uyga qaytayotganda halokatga uchragandi. Vertolyot havoga ko'tarilganidan bir necha soniya o'tib, “King Pauer” stadioni yonidagi avtomobillar turar joyiga qulab tushgan va yonib ketgandi. 

“Biz Lestershir policiyasi hamda favqulodda vaziyatlar xodimlariga yordam beryapmiz. Tez orada klub tomonidan bo'lib o'tgan noxush voqeylikning barcha tavsilotlari rasmiy ravishda e'lon qilinadi. Hozircha aytib o'tilganidan tashqari qo'shimcha ma'lumot taqdim eta olmaymiz”, - deyiladi “Lester” klubi rasmiy saytidagi xabarda.

Britaniya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko'ra, “Lester” prezidenti vertolyot bortida bo'lgan va u voqea joyining o'zida vafot etgan. Shrivaddxanaprabxa 2010 yilda “Lester”ni xarid qilgan edi. Jamoa mavsum-2015/16da o'z tarixida ilk bor Angliya chempioni bo'lgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: