“Lester” yarim himoyachisi “Real”ga o'tish ehtimoli bor

Eldor Akmurzayev
23 mar 2022
Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Lester” yarim himoyachisi Jeyms Meddisonga “Real” qiziqmoqda.

“Qirollik klubi” Jeymsni Luka Modrichga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Meddisonning “tulkilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil yozigacha mo'ljallangan. Uning transfer narxi esa 80 mln evroga baholanmoqda.

25 yoshli inglizga o'tgan mavsum ko'plab jamoalar taklif bilan chiqqandi. Uning o'zi “Arsenal”ga o'tishni xohlagan, ammo moliyaviy talablar tufayli transfer amalga oshmadi.

Meddison 2018 yildan beri “Lester” sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum APLda 26 o'yinda qatnashib, 8+3 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Muqova: Fichajes

Izohlar

Marg‘ilonlik
23 mar 2022
Бу футболчи яхши вариант Яна бир вариант шу Лестер даги Тилеманс ни хам уйлаб курардим. Лекин Бразилялик истедод Габриэль Верон га нимагадир хеч Бир клуб кизикмаяпти Нима фикр билраслар хамфанатлар
Realmadrid.
23 mar 2022
Kovacicni qaytariw kere. Zor orinbosar bolafi modricga
BarsCity
23 mar 2022
Meddison yaxshi o'yinchi ajoyib paslari zarbalari bor modrichga o'rinbosar bolishi mumkin