"Lester"ni Chempionshipga tushirib yuborgan murabbiy "Seltik" ustoziga aylandi

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2023
Brendan Rojers "Seltik" bosh murabbiyi sifatida e'lon qilindi.

"Liverpul" sobiq ustozi Shotlandiya klubi bilan 3 yillik bitimga imzo chekdi.

Brendan Rojers 2016 yildan 2019 yilgacha "Seltik"da ishlagan. Jamoa uning qo'l ostida ikki marta milliy trebl (chempionat, Kubok, liga Kubogi) amalga oshirgan. "Seltik" 2016/17 mavsumda biror o'yinda mag'lub bo'lmagan.

Rojers "Seltik"dan so'ng "Lester"ni boshqardi va joriy mavsum jamoani Chempionshipga tushirib yubordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: celticfc.com