"Lester"ning chempionlik bayramiga 250 ming muxlis tashrif buyurdi

Aslanov Jasurbek
17 may 2016
16 may kuni muxlislar mahalliy jamoa bilan Lester ko'chalarida Premer-ligadagi g'alabani nishonlashdi.

Klub avtobusi shaharning markaziy ko'chalaridan o'tdi, bundan so'ng futbolchilar Viktoriya parkidagi maxsus sahna tomon yo'l olishdi. "Lester Siti" rasmiy saytining ma'lumotlariga ko'ra, chempionlik paradida 250 mingga yaqin muxlislar ishtirok etishgan.


Katta ekranda "Lester"ga atalgan rolik namoyish etildi.


Asli lesterlik bo'lgan Kasabian rok guruhi o'z qo'shiqlari bilan ishqibozlarni kayfiyatini ko'tardi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com