Levandovski YCHL to'purarlari ro'yxatida uchinchi o'rinni mustahkamladi

Aziz Tukhtamuradov
8 sen 2022
"Barselona" futbolchisi Robert Levandovski Chempionlar ligasi tarixidagi to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'rinni mustahkamlab oldi.

Kecha "Viktoriya Plzen" bilan o'yindagi (5:1) xet-trikdan so'ng Levaning YCHLdagi gollari soni 89 taga etdi. U "Real" futbolchisi Karim Benzemadan (86) oshib ketdi. 

Bu borada ikkinchi o'rinni 125 ta gol bilan Lionel Messi egallab turibdi. Krishtianu Ronaldu esa 140 ta gol bilan rekordchi hisoblanadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta