Levandovski: “Oltin to'p-2023” sohibi nomi allaqachon ma'lum”

Eldor Akmurzayev
25 dek 2022
“Barselona” forvardi Robert Levandovski Lionel Messi 8-oltin to'pni qo'lga kiritishiga shubha qilmayotganini aytdi.

“Oltin to'p-2023”ning sohibi allaqachon ma'lummi? Albatta. Ehtimol, PSJda o'ynaydigan boshqa futbolchi ham bordir, ammo JCH bitta va unda g'olib bo'lishi mavsumdagi “Oltin to'p” sohibini tanlashda hal qiluvchi omil bo'ladi. Albatta, erishgan yutuqlari, asosiy orzusini amalga oshira olgan Leo hozir cho'qqida. Endi u bundan zavq olishi mumkin”, deydi Levandovski.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo