Levandovski: "Saudiya haqida o'ylamayapman. Hozir maqsadlarim boshqa"

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2023
Robert Levandovski yaqin vaqt ichida Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynamoqchi emas.

"Barselona" hujumchisi unga Saudiya klublari murojaat qilishgani haqidagi savolga javob berdi.

"Bunday murojaat bo'lmadi. Yo'q bo'lgan mavzu haqida gapirmoqchi emasman.

Saudiya Arabistonida nimalar bo'layotganini ko'rib turibman, ammo bu haqida o'ylamayapman. Hozir maqsadlarim boshqa" - dedi Levandovski.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Interia