"Leyptsig" Moribaga qiziqmoqda. "Barsa" o'yinchini 15-20 mln evroga sotishga tayyor

Alisher
10 avg 2021
"Barselona" yarim himoyachisi Ilaysh Moribaning kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

18 yoshli o'yinchi kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti va klubdan kyetishi mumkin. Unga "Leyptsig" qiziqish bildirmoqda.

"Barselona" futbolchini keyingi yozda tekinga ketmasligi uchun hozir 15-20 million evroga sotishga tayyor.

"Leyptsig"ning Moribani hozir xarid qilishi yoki shartnomasini tugashini kutishi ma'lum emas.

Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN