“Leyptsig” sport direktori Nkunkuning yozda APL klubiga o'tishini tasdiqladi

Eldor Akmurzayev
17 yanv 2023
“Leyptsig” rahbariyati vakili Maks Eberl jamoa forvardi Kristofer Nkunkuning yozgi transfer oynasida “Chelsi”ga kyetishini aytdi.

“Uning “Chelsi”ga o'tish belgilari juda va juda aniq”, degan sport direktor.

Avvalroq, Nkunku noyabr oxirlarida “aristokratlar” uchun tibbiy ko'rikdan o'tib, jamoa bilan uzoq yillik shartnoma imzolashi haqida xabar qilingandi. Transfer esa 60 mln evroga amalga oshadi.

25 yoshli francuz joriy mavsum klub miqyosida 23 bahsda qatnashib, 17+4 natija ko'rsatmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Bild