Lineker "Liverpul"ning yanvardagi transfer maqsadini ochiqladi

Sherzod Nurmatov
11 nov 2024
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Gari Lineker "Liverpul"ning qishki transfer oynasidagi maqsadini aytdi.

"Liverpul" yangi mavsumni ajoyib boshladi – barcha musobaqalardagi dastlabki 16 o'yinning 14 tasida g'alaba qozondi, ammo bu "qizillar" tarkibni kuchaytirmasligi kerak degani emas.

Masalan, "Liverpul" hali ham o'tgan yozda jamoani tark etgan Joel Matipga o'rinbosar topmagan. Virjil van Deyk esa ayni damdagi ajoyib formasiga qaramay, yosharib qolmaydi.



"Nyukasl" afsonasi Alan Shirer "The Rest is Football" podkastida "Liverpul" yanvarda yana bir markaziy himoyachini olishini aytib, bir insaydni keltirdi.

"Mendagi malumotlarga ko'ra, ular "Nottingem Forest"dagi Murilloga ko'z tikkan", – dedi Lineker.

Murillo Premer-liganing yangi mavsumida 10 o'yinda qatnashdi. "O'rmonchilar" 3-o'rinni egallab turishida 22 yoshli braziliyalikning hissasi katta.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Caught Offside

Izohlar

Кодир
11 nov 2024
Леверпулга роса мос тушса кере Абдукодир
Dilmurod Umarov
13 nov 2024
Liverpul jamoasiga ayni vaqtda Virjil van Deyk bilan tandem hosil qila oladigan markaziy himoyachi va Muhammad Salah hamda Trent Aleksandr-Arnoldlarning uzatmalarini golga aylantira oladigan markaziy hujumchi kerak(Sporting jamoasidagi Viktor Gyokeres kelishini xohlar edim)
Arsenal_21_
11 nov 2024
Husanovni ollaring