

Litva bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvda inglizlar darvozasini Jek Batlend qo'riqlaydi. Bu haqda Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt ma'lum qildi. "Stok Siti" posboni shu kunga qadar terma jamoa safida 5ta o'yin o'tkazgan.
Eslatib o'tamiz, Angliya kuni kecha Sloveniyani mag'lub etib mundial yo'llanmasini muddatdan avval qo'lga kiritgandi.




