

“Byornli” – “Manchester Siti” 0:1
Gollar: 5 - Erling Holand
“Bernli”: 1. Martin Dubravka, 2. Kayl Uoker, 5. Maksim Esteve, 3. Kvilindsxi Xartman, 18. Yalmar Ekdal, 12. Bashir Xamfris (16. Florentinu Luish, 82’), 20. Jeyms Uord-Praus, 19. Zian Flemming (27. Armando Broya, 82’), 29. Josh Lorent, 11. Jeydon Entoni, 17. Lum Chauna (9. Layl Foster, 72’).
Zaxira: 13. Maks Vays, 4. Djo Uorroll, 23. Lukas Pires, 8. Lesli Ugochukvu, 10. Markus Edvards, 31. Mayk Trezor.
“Manchester Siti”: 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateus Nunesh, 15. Mark Gexi, 45. Abduqodir Husanov, 33. Niko O'Rayli, 21. Rayan Ait-Nuri (14. Niko Gonsales, 65’), 11. Jeremi Doku, 42. Antuan Semeno (26. Savio, 65’), 20. Bernardu Silva, 10. Rayan Sherki, 9. Erling Holand.
Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 5. Jon Stounz, 6. Natan Ake, 4. Teyani Reynders, 7. Omar Marmush, 8. Mateo Kovachich, 47. Fil Foden.
86. Niko Gonsalesning zarbasi xavfli, biroq noaniq bo'ldi.
80. Holandning zarbasi juda noaniq ketdi.
78. O'yin juda sokinlashib qoldi, “Byornli” deyarli oldinga o'tmayapti, “Man Siti” hujumlari ko'p, ammo samarasiz bo'lmoqda.
71. Sherkining uzoqdan erlatib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
70. Gehining uzatmasini Holand darvozaga yo'llay olmadi, to'p Savioga kelib tushdi, uning zarbasi bartaraf etildi!
68. Sherki raqib jarima maydonchasi ichida to'pni shunchaki “o'ynatib”, sherigiga havolatib bermoqchi)
61. Xartmanning uzoqdan tepgan to'pi ancha noaniq ketdi.
58. Dokuning zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.
55. Holandning ajoyib zarbasi darvoza ustuniga tegib, to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi…
49. Semenoning darvozaga yaqin masofada bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
🕘 45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+1. “Man Siti” jarima maydonchasi ichida palapartishlik yuzaga keldi, Husanov to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
43. Sherkidan aniq zarba, Dubravka to'pni ushlab oldi.
35. Ait-Nurining zarbasi juda noaniq bo'ldi.
29. Husanov!!! Fleming o'ziga uzatib berilgan to'pni to'g'rilab darvozaga yo'lladi, Abduqodir oyoqlari bilan to'p yo'nalishini o'zgartirdi!
28. O'Raylining uzoq masofadan bergan zarbasi aniq bo'ldi, darvozabon qaytardi!
25. Sherkining uzoqdan erlatib tepgan to'pini Dubravka ushlab oldi.
24. Burchakdan havolatib uzatilgan to'pni O'Rayli boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi!
16. Qanday vaziyat?! Kayl Uokerning super uzatmasidan so'ng Flemming to'pni o'ziga to'g'rilab zarba berdi, ammo aniq bo'lmadi…
15. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda, hujumlar nisbatan kamaydi.
10. Zo'r o'n daqiqalik ko'rdik, buyog'iga temp tushmasligidan umidvormiz.
9. Sherkining zarbasi raqib himoyachisiga tegib qaytdi.
8. Holandda yaxshi vaziyat: uning jarima maydonchasi ichidan tepgan to'pi rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.
7. “Byornli”dan hujum! Jarima maydonchasi ichiga kirib borayotgan futbolchini Husanov to'xtatdi!

⚽️ 5. GOL! Holand hisobni ochdi! Erling darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va aniq zarba berib, gol urdi!
4. Endi “Siti” oldinga o'tmoqda! Sherkining zarbasi avval darvozabonning qo'liga, so'ng darvoza to'siniga tegib qaytmoqda…
3. Dastlabki hujum mezbonlardan bo'ldi. Entoninining zarbasini Donnarumma qaytardi!
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Angliya Premer ligasining 34-turidan o'rin olgan “Byornli” – “Manchester Siti” uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.



