"Liverpul" 19 yoshli forvardga qiziqmoqda

I.J.I
15 jan 2025
"Liverpul" hujumchi Stefanos Cimasning transferiga qiziqmoqda.

19 yoshli o'yinchi "Nyurnberg"da PAOKdan ijara asosida o'ynamoqda.

Klub o'yinchini yozda belgilab qo'yilgan 25 mln evroga qayta sotish uchun 18 mln evrolik xarid qilish huquqidan foydalanmoqchi.

"Liverpul" "Nyurnberg" bilan ham, futbolchi bilan ham aloqaga chiqdi. Ammo, grek futbolchisiga Bundesliga, "Chelsi", "Brayton" va "Aston Villa" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Cimas joriy mavsum 2-Bundesliga doirasidagi 14ta o'yinda 8ta gol va 2ta assist qayd etdi. Forvard Greciyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida ham o'ynaydi.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: Sky Sport

Izohlar

Liverpool.fan
16 jan
Yaxshi oyinchi ekan you tubeda rolikin kordim