SSKA hujumchisi Gretsiya klubi bilan shartnoma imzolaydi

Omonjon To`xtamirzayev
30 iyul 2024
SSKA hujumchisi Fyodor Chalov faoliyatini PAOKda davom ettiradigan bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi Gretsiyaga yo'l olgan va yaqin soatlar ichida tomonlar barcha zarur hujjatlarni imzolashadi.

Klublar barchasini kelishib ulgurgan. Shuningdek, Fyodor PAOK bilan 3 yillik shartnoma imzolashi aytilmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport24.ru