

"Arsenal" PAOK vunderkindi Yannis Konstantelias uchun kurashda "Manchester Siti" va "Chelsi" safiga qo'shildi. Bu haqda "Standard" xabar bermoqda.
Bu oyda "kanonirlar" 19 yoshli futbolchining harakatlarini kuzatil uchun skautlarni jo'natadi.
Iqtidorli vingerning PAOK bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt nufuzli portali futbolchini 400 ming evroga baholamoqda.
Konstantelias 2022/23 yilgi mavsumda PAOK safida 13 ta o'yinda harakatlanib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Gretsiya terma jamoasi safidagi debyutini mart oyida o'tkazishi kutilmoqda.



