"Liverpul” Angliya terma jamoasining yangi yulduzini transfer qilishga kelishib oldi

Alisher Ostonov
15 fev 2026
"Liverpul” "Vulverxempton”ning 18 yoshli angliyalik hujumchisi Mateush Manening vakillari bilan yuzma-yuz muzokara o'tkazib, shartnoma shartlarini kelishib oldi.

Mersisaydliklar forvardni 50 mln funtga sotib olishga tayyorligini bildirgan. Hujumchining o'zi "Vulverxempton"ning APLni tark etishi ehtimoli tufayli kuchliroq klubga o'tishga qiziqmoqda.

Mane uchun "Manchester Yunayted" ham davogarlik qilgan. Ammo, hozircha "Liverpul” futbolchi bilan shartnoma tuzishga yaqinroq turibdi. Bu mavsumda forvard klub safida APLda 15 ta o'yinda 2 ta gol urdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Fichajes