"Liverpul" himoyachisi bilan shartnomani uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
9 oct 2024
"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabar qilinishicha, 25 yoshli Konate bilan yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar yaxshi ketmoqda. 



"Qizillar" shartnoma tez orada imzolanishiga ishonch bildirmoqda. Bosh murabbiy Arnet Slot "Liverpul" loyihasida muhim figura hisoblangan Konateni yuqori baholaydi.

Ibraima Konate joriy mavsum "Liverpul" safida 10 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: twitter.com/FabrizioRomano

Izohlar

Liverpool__ynwa
9 oct 2024
Yaxshi ximoyachi sovuqqon. Bazi xujumchiladan koproq gol urubdiku.