"Liverpul" "Inter" o'yinchisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Alisher
12 fev 2020
"Inter" yarim himoyachisi Marcelo Brozovich "Liverpul" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Ingliz klubi skautlari 27 yoshli xorvatiyalik o'yinchini "Inter"ning "Milan" (4:2)ga qarshi o'yinida kuzatishgan.

Brozovichning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan, Italiya klublariga mo'ljallanmagan tovon puli esa 60 million evro etib belgilangan.

"Inter" rahbariyati o'yinchi bilan 2024 yilga qadar yangi shartnoma imzolamoqchi. Unga ko'ra, Brozovichning maoshi ko'tariladi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 2014/15 yilgi mavsumdan beri "Inter"da o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: fcinternews.it