

"Liverpul" darvozaboni Alisson 17 fevral kuni o'tkaziladigan "Brentford"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Darvozabon mashg'ulot payti sonining orqa qismidagi mushaklarini jarohatlab olgan. Tekshiruvlardan so'ng jarohatning qanchalik jiddiyligi ma'lum bo'ladi.
Ma'lumot uchun, Alisson "Liverpul"ning ketma-ket ikkinchi o'yinini o'tkazib yubormoqda. Bundan oldin posbon "Byornli"ga qarshi o'yinda qornidagi og'riq sabab maydonga tusha olmagandi. Uning o'rniga o'shanda Kuivin Kellexer maydonda harakat qilgan.



