"Liverpul" Salohga o'rinbosar topdi. Klub PSJ yulduzini transfer qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
2 mar 2026
2026 yildagi eng shov-shuvli transferlardan biri Yevropa futbol bozorida pishib etilish arafasida.

"Topskills Sports UK" ma'lumotlariga ko'ra, "Liverpul" PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliyani Muxammad Salohga o'rinbosar sifatida asosiy maqsad qilib belgilagan. Saloh katta ehtimol bilan joriy mavsum oxirida "Enfild"ni tark etadi. Angliya klubi gruziyalik vingerini sotib olish borasidagi harakatlarini kuchaytirgan, uni misrlik yulduzning ideal vorisi deb hisoblamoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Liverpul"ning Xvichaga qiziqishi to'satdan paydo bo'lmagan: klub skautlari uni "Napoli"da o'ynagan davrlaridan beri kuzatib kelgan. Uning PSJga o'tishi ortidan qiziqish biroz susaygan bo'lsa-da, Salohning ehtimoliy kyetishi "Liverpul" rahbariyatini qatiy harakat qilishga undagan.

Qolaversa, manbalar Kvaratsxeliya har doim "qizil" libosni kiyish va "Enfild"da muxlislar oldida o'ynashni orzu qilganini qayd etmoqda.

Gruzin futbolchisi ushbu mavsum parijliklar safida 32 o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Mersisaydliklar tarkibida Xvichaning vatandoshi – darvozabon Giorgi Mamardashvili ham to'p tepayotganini takidlash joiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Topskills Sports UK