"Liverpul" Shakiriga narx belgiladi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2021
"Qizillar" shveytsariyalik xavbek Jyerdan Shakirini qanchaga baholayotgani ma'lum qilindi.

Shveytsariya terma jamoasi futbolchisi 12,75 million funtga baholanmoqda.

Manbaga ko'ra, Shakiri jamoasini almashtirishga qarshi emas.

O'yinchining Angliya klubi bilan tuzgan shartnoma muddati tugashiga hali 2 yil bor. Avvalroq u "Sevilya", "Napoli" yoki "Vilyarreal"ga o'tishi mumkinligi aytilgandi.

29 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumda APL doirasidagi 14 o'yinda 2 ta golli pas qayd etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports