"Liverpul" sobiq himoyachisi Gruziya klubiga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2024
"Liverpul" va Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Mamadu Sako Gruziyaning "Torpedo" Kutaisi jamoasiga o'tishga rozi bo'ldi.

Bu haqda jamoa saytida xabar berilgan.

34 yoshli himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun 12 iyun kuni Gruziyaga keladi. Ertasi kuni taqdimot marosimi rejalashtirilgan.

Sakoning so'nggi klubi "Monpele" bo'lib, u 2021 yildan buyon shu jamoada o'ynagan. 2023 yilning noyabrida bosh murabbiy Mishel Ter-Zakaryan bilan janjaldan keyin shartnomani bekor qilgandi.

Avvalroq Sako PSJ, "Liverpul" va "Kristal Pelas" klublarida o'ynagan. U Fransiya terma jamoasi safida 29 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va JCH-2014da ham qatnashgan

"Torpedo" o'tgan mavsum Gruziya chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi va Konferenciya Ligasining saralash bosqichida ishtirok etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: torpedo.ge/ka