"Liverpul" turkiyalik futbolchiga qiziqmoqda

Alisher
4 sen 2019
"Trabzonspor" darvozaboni Ugurjan Chaqirga Mersisayd klubi qiziqmoqda.

"Liverpul" ushbu turk darvozaboniga qiziqish bildirmoqda.

"Qizillar" vakillari Turkiya chempionatida "Trabzonspor"ning "Fenerbaxche" bilan bo'lgan o'yinini kuzatib borishgan.

Chaqirning transfer narxi 14 million funtga baholanmoqda.

23 yoshli posbon shu yildan e'tiboran Turkiya terma jamoasiga chaqirilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail