"Liverpul" van Deykning o'rniga niderlandiyalik futbolchini transfer qilishi mumkin

Mirjalol Normatov
22 mar 2025
"Liverpul" yozgi transferlar oynasi vaqtida himoyachi Stefan de Vreyni tarkibiga qo'shib olishi mumkin.

33 yoshli de Vrey Niderlandiya termasida Virjil van Deyk bilan tandem hosil qilgan. O'z navbatida van Deyk ushbu yozda erkin agent sifatida "Liverpul"ni tark etishi kutilmoqda. De Vrey esa aynan uning o'rnini egallashi mumkin.

Stefan de Vrey ayni damda "Inter" sharafini himoya qilmoqda. Himoyachining shartnomasi ushbu yozda yakuniga etishi mumkin, biroq Milan klubida kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor.

De Vrey ushbu mavsumda A Seriyaning 22 o'yinida qatnashib, 2 gol urdi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: TuttoJuve

Izohlar